date

Lamin Yamal qo‘shiqchi Nikki Nikol bilan romantik dam olishda

Lamin Yamal qo‘shiqchi Nikki Nikol bilan romantik dam olishda

«Barselona»ning yosh yulduzi Lamin Yamal jarohatdan tiklanish jarayonida bo‘sh vaqtdan unumli foydalanyapti. Ispaniyalik vinger 25 yoshli argentinalik qo‘shiqchi Nikki Nikol bilan birga vaqt o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ispan OAVlarining yozishicha, juftlik vertolyotda Xorvatiya orollari ustidan uchib sayr qilgan. Bu haqdagi lavhalarni Yamal o‘z ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ham baham ko‘rdi.

Futbolchi videoda hazil bilan Nikki parvoz paytida boshi aylanganini aytgan. Muxlislar bu lahzani juda samimiy va romantik deb baholashdi.

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal hozirda jarohatidan sog‘ayish jarayonida bo‘lib, u “Barselona” safidagi navbatdagi o‘yinlarga qaytish uchun individual mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.

Avvalroq, yosh yulduz Instagramda Nikki Nikol bilan tushgan suratini joylab, uning tug‘ilgan kunini tabriklagan va shu bilan ishqiy munosabatlarini rasmiy tasdiqlagan edi.

Muxlislar juftlikni “futbol va musiqaning yangi romantik jufti” deb atashmoqda. Yamal esa ayni paytda nafaqat maydondagi, balki shaxsiy hayotidagi yorqin lahzalarni boshdan kechirayotgandek ko‘rinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lamin Yamal qo‘shiqchi Nikki Nikol bilan romantik dam olishda