date

Amerika askarlari Isroilga yetib keldi: gumanitar nazorat boshlandi

Amerika askarlari Isroilga yetib keldi: gumanitar nazorat boshlandi

AQSH qo‘shinlari Isroilga yetib kela boshladi. Ular aholi yashaydigan hududlarda belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi. Bu haqda Pentagon manbalariga tayanib, CNN telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, askarlarning bir qismi Yaqin Sharq davlatlaridan, qolgan qismi esa AQSHning boshqa harbiy qo‘mondonliklaridan yuborilgan. Umumiy hisobda 200 nafar askardan iborat kontingent 12 oktyabrga qadar Isroilga yetib kelishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, G‘azo hududida AQSHning maxsus monitoring markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Markazning faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish uchun bir necha kun yoki hafta talab etilishi mumkin.

Pentagon ma’lumoticha, missiyaning asosiy vazifasi — tartibsizliklarning oldini olish va gumanitar tashkilotlar faoliyatini uzluksiz ta’minlashdan iborat.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika askarlari Isroilga yetib keldi: gumanitar nazorat boshlandi