date

YouTube ruscha avtomatik dublyajni ishga tushirdi


YouTube videoxostingi endi avtomatik dublyaj funksiyasini rus tilida ham taqdim etdi. Ferra nashrining xabar berishicha, ushbu yangi vosita Gemini texnologiyasi asosida ishlaydi.

Endilikda tomoshabinlar xorijiy blogerlarning videolarini ruscha ovozli tarjima bilan ko'rishlari mumkin. Bundan avval bu imkoniyat faqat ingliz tilida mavjud edi.

Texnologiyaning asosiy maqsadi til to'siqlarini kamaytirish va kontent yaratuvchilarga jahon miqyosida tomoshabinlar sonini oshirish imkoniyatini berishdir. Funksiya 2025 yilning ikkinchi yarmidan keng ommaga joriy etila boshlandi, biroq uning sinovlari mashhur YouTube blogerlari bilan 2023 yildayoq boshlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube ruscha avtomatik dublyajni ishga tushirdi