date

«Barselona»ga «Chelsi» himoyachisi Disasi taklif qilindi

«Barselona»ga «Chelsi» himoyachisi Disasi taklif qilindi
Londonning «Chelsi» klubida to‘p suradigan markaziy himoyachi Aksel Disasi «Barselona»ga taklif qilindi. «Ko‘klar» bosh murabbiyi Entso Mareska fransuz futbolchisiga anchadan beri umid bog‘lamayotgani sababli, o‘yinchining vakillari unga yangi klub izlamoqda.

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Disasining xizmatlari «Barselona»ga taklif qilingan. Gap ijara haqida emas, to‘liq transfer haqida ketmoqda.

Kataloniya klubi hozircha qaror qabul qilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, «ko‘k-anorranglilar» yanvarda katta xarajatlarsiz himoya markazini kuchaytirmoqchi.

Transfermarkt saytida Aksel Disasining narxi 15 mln yevroga baholangan. Futbolchi joriy mavsumda «Chelsi»ning asosiy jamoasi safida maydonga tushmadi — u hatto ro‘yxatga ham kiritilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Barselona»ga «Chelsi» himoyachisi Disasi taklif qilindi