date

Rossiyadan mefedron olib kirishga urinish fosh bo‘ldi

Rossiyadan mefedron olib kirishga urinish fosh bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi Rossiyadan yirik miqdordagi sintetik narkotik moddalarni olib kirishga urinishning oldini oldi. Bu haqda Podrobno.uz xabar beradi.

Hodisa Toshkent viloyatidagi "Navoiy" chegara bojxona postida yuz berdi. Qozog‘iston orqali tranzit tarzda kelgan Lada Largus avtomobili tekshirilganida, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari taqiqlangan moddalar yashirilgan maxsus joyni aniqlashdi.

Avtomobilni Buxoro viloyatida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqarib kelgan. Transport vositasining yuk bo‘limida, "Gazel" avtomobilining uzatmalar qutisi ichida umumiy og‘irligi 2,3 kilogramm bo‘lgan beshta o‘ram mefedron yashirilgan edi.

Tezkor tadbirlar davomida aniqlanishicha, haydovchi "O‘zbekiston – Rossiya" yo‘nalishida yuk tashish bilan shug‘ullangan va ushbu avtomobil ehtiyot qismini Toshkent viloyatida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan shaxsga topshirishi kerak bo‘lgan. Buyurtmani qabul qilish vaqtida gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan ikki gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) ikkinchi qismi va 273-moddasi (Narkotik moddalarni noqonuniy tayyorlash, sotib olish va saqlash) beshinchi qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Har ikki gumonlanuvchi hibsga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadan mefedron olib kirishga urinish fosh bo‘ldi