date

Real Bavariya yulduzi uchun kurashda deyarli taslim bo‘ldi

Real Bavariya yulduzi uchun kurashda deyarli taslim bo‘ldi
«Bavariya»ning markaziy himoyachisi Dayo Upamekano Madridning «Real» klubiga o‘tishi juda ehtimoldan yiroq. «Qaymoqranglilar» 27 yoshli futbolchiga da’vogarlar qatorida tilga olingan edi, biroq endi kelishuv amalga oshishi qiyinligini tushunmoqda.

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, La Liga grandi deyarli taslim bo‘lgan va yaqin orada Upamekano nomzodidan butunlay voz kechadi. Ehtimol, fransuz futbolchi «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytiradi.

Dayo Upamekanoning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozigacha mo‘ljallangan. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, futbolchiga «Liverpul» va «PSJ» ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda himoyachi Vensan Kompani jamoasi safida 21 o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Bavariya yulduzi uchun kurashda deyarli taslim bo‘ldi