
Rossiya hukumati smartfonlardan foydalanish qoidalarini keskin o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Yangi tashabbusga ko‘ra, davlat reestriga kiritilmagan smartfonlar kelgusida umuman ishlamay qolishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, 2028-yildan boshlab faqat rasmiy bazaga kiritilgan IMEI-kodga ega smartfonlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, 2027-yildan IMEI telefon raqamiga qat’iy bog‘lab qo‘yiladi. Bu esa ro‘yxatdan o‘tkazilmagan qurilmani hatto SIM-kartani almashtirish orqali ham ishlatib bo‘lmasligini anglatadi.
Eng bahsli jihati — IMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘ladi. Ro‘yxatga olish narxi smartfonning qiymatiga qarab belgilanishi rejalashtirilmoqda. Ya’ni qimmat qurilma — qimmat ro‘yxat.
Rasmiylar bu orqali “qora bozor”dagi telefonlar aylanmasini cheklash, o‘g‘irlangan qurilmalardan foydalanishga barham berish va nazoratni kuchaytirishni maqsad qilmoqda. Biroq mutaxassislar bu qaror fuqarolar uchun qo‘shimcha xarajat va noqulayliklar keltirib chiqarishidan xavotir bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.