date

Ryudiger «Real»dan ketgach qayerda o‘ynashni tanladi

Ryudiger «Real»dan ketgach qayerda o‘ynashni tanladi
Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini qayerda davom ettirishni xohlashini belgilab oldi. Madrid Universal xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchi karyerasini yakunlashidan oldin Saudiya Arabistonida o‘ynashni juda istaydi.

32 yoshli futbolchining bu istagi joriy mavsum yakunidan keyin ham amalga oshishi mumkin, chunki uning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi. Antonio Ryudiger joriy mavsumda Xabi Alonso jamoasi safida yettita uchrashuvda maydonga tushdi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, himoyachining transfer qiymati 12 mln yevroni tashkil etadi. Mart oyida «Chelsi»ning sobiq yulduzi 33 yoshga to‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ryudiger «Real»dan ketgach qayerda o‘ynashni tanladi