
2025-yil 25-dekabr kuni Kristofer Nolan tomonidan suratga olingan "Odisseya" filmi treyleri bir sutka ichida 121 milliondan ortiq tomosha qilindi. Bu haqda Forbes nashri WaveMetrix kompaniyasiga tayanib xabar berdi.
Mazkur ko'rsatkich rejissyorning avvalgi "Oppenheymer" filmi treyleri natijasidan ikki baravar yuqori. "Oppenheymer" treyleri ilk 24 soatda taxminan 50 million marta ko'rilgan edi.
"Odisseya" Universal studiyasi uchun yilning eng muvaffaqiyatli treyleri bo'ldi. Ko'rishlar bo'yicha eng katta ulush TikTok platformasiga to'g'ri keldi — 27%.
Shuningdek, YouTube, Facebook, Instagram va X platformalarida ham faol tomosha qilingan. Filmning asosiy mavzusi Gomerning "Odisseya" dostoni bo'lib, unda Troya urushidan keyingi Odissey safarlari hikoya qilinadi.
Asosiy rolni Mett Deymon ijro etgan. Shuningdek, filmda Enn Xeteuey, Tom Holland, Zendeya, Robert Pattinson, Lupita Niongo va Sharliz Teron kabi aktyorlar ishtirok etishgan.
Filmning byudjeti taxminan 250 million dollarni tashkil etgan. Mazkur kartinaning premyerasi 2026-yil 17-iyulga belgilangan.
Biroq, chiptalar sotilishi relizdan bir yil oldin boshlangan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.