date

Abdulaziz Aqqulov Turizm qo‘mitasiga rahbar etib tayinlandi

Abdulaziz Aqqulov Turizm qo‘mitasiga rahbar etib tayinlandi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida faoliyat yurituvchi Turizm qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi. Prezident matbuot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur lavozimga Abdulaziz Aqqulov olib kelindi.

Qayd etilishicha, qo‘mita raisi sifatida ishlab kelgan Umid Shodiyev boshqa ish joyiga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etilgan. Ayni paytda uning keyingi faoliyati haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Abdulaziz Aqqulov 1985 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Turizm va sport vazirining o‘rinbosari, shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Yangi tayinlovga qadar Abdulaziz Aqqulov O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida diplomatik faoliyat olib borayotgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Turizm qo‘mitasi 2023 yil iyul oyida tashkil etilgan bo‘lib, uning birinchi rahbari sifatida Umid Shodiyev faoliyat yuritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulaziz Aqqulov Turizm qo‘mitasiga rahbar etib tayinlandi