date

Xiaomi 72 daqiqa to'xtovsiz issiq suv beruvchi Mijia suv isitgichini chiqardi

Xiaomi 72 daqiqa to'xtovsiz issiq suv beruvchi Mijia suv isitgichini chiqardi

"Xiaomi" kompaniyasi o'zining yangi "Mijia Smart Electric Water Heater C 60L" aqlli suv isitgichini taqdim etdi. Qurilma hozircha Xitoy bozorida "Youpin" platformasi orqali 799 yuan, ya'ni taxminan 110 dollar narxda sotilmoqda. Chakana savdo do'konlarida esa uning narxi 145 dollargacha ko'tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

EWH60-MJ06 indeksli ushbu model maishiy foydalanish uchun mo'ljallangan bo'lib, energiya sarfini tejagan holda barqaror issiq suv bilan ta'minlashga ixtisoslashgan. Qurilma 2200 Vt quvvatga ega isitish elementi bilan jihozlangan bo'lib, ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, suvni juda tez fursatda isitib beradi.


Yangi gadjetning asosiy xususiyati uning yuqori samaradorligidir. Bak hajmi 60 litr bo'lishiga qaramay, tizim 360 litr issiq suv berish ekvivalentiga ega. Bu esa qurilmaning 72 daqiqa davomida to'xtovsiz issiq suv yetkazib berishini ta'minlaydi. Bunday ko'rsatkich katta oilalar uchun yetarli hisoblanadi.

Bundan tashqari, "Xiaomi" ushbu qurilma birinchi darajali energiya tejamkorligiga ega ekanini ma'lum qildi. O'lchamlari 740 x 461 x 432 mm bo'lgan isitgich IPX4 himoya tizimi bilan ta'minlangan, bu esa uni namlik yuqori bo'lgan vanna xonalarida xavfsiz ishlatish imkonini beradi. Shuningdek, yangi model kompaniyaning aqlli uy ekotizimiga to'liq integratsiya qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi 72 daqiqa to'xtovsiz issiq suv beruvchi Mijia suv isitgichini chiqardi