date

Turkiyada 15 yoshga toʻlmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

Turkiyada 15 yoshga toʻlmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

Turkiyada 15 yoshga toʻlmagan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklashga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi.

Mazkur hujjatga koʻra, platformalar foydalanuvchilar yoshini tekshirish tizimlarini joriy etishi va ota-onalar nazorati vositalarini taʼminlashi shart qilib belgilandi.

Shuningdek, kompaniyalardan zararli deb topilgan kontentni tezkorlik bilan oʻchirish yoki cheklash talab etiladi. Bu haqda AP agentligi xabar berdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan ushbu qaror bolalar xavfsizligi va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishni kuchaytirish maqsadida qabul qilinganini taʼkidladi.

Maʼlum qilinishicha, bu qarorga yaqinda Qahramonmarash shahrida sodir boʻlgan fojiali hodisa — 14 yoshli oʻsmir tomonidan bir necha insonning oʻldirilishi sabab boʻlgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini ham oʻrganmoqda.

Qayd etilishicha, bunday cheklovlar ilk bor Avstraliyada joriy etilgan boʻlib, keyinchalik Indoneziya ham shunday qadam tashlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada 15 yoshga toʻlmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi