Makron Rossiya, AQSH va Xitoy rahbarlarini Yevropaga raqobatchi kuchlar sifatida taʼrifladi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya, AQSh va Xitoy yetakchilarini Yevropaga nisbatan raqobatchi kuchlar sifatida ta’rifladi. U Gretsiyaga tashrifi davomida global siyosiy muhitda qarama-qarshiliklar kuchayib borayotganini va ushbu davlatlar Yevropaga nisbatan qat’iy pozitsiyada ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Makron Donald Trampning siyosatini kutilmagan deb baholasa-da, AQShni hamon qit’a uchun muhim ittifoqchi deb hisoblashini bildirdi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xalqaro siyosatdagi vaziyat yuzasidan keskin bayonot bilan chiqdi.
France 24 telekanali maʼlumotiga koʻra, u Rossiya, AQSH va Xitoy rahbarlarini Yevropaga nisbatan raqobatchi kuchlar sifatida taʼriflagan.
Makron bu fikrlarni Gretsiyaga amalga oshirgan tashrifi davomida bildirib, global siyosiy muhitdagi qarama-qarshilik kuchayib borayotganini taʼkidladi.
Uning aytishicha, ushbu davlatlar rahbarlari Yevropaga nisbatan qatʼiy pozitsiyada harakat qilmoqda.
Shu bilan birga, Fransiya yetakchisi Donald Tramp haqida ham fikr bildirib, uni baʼzan oldindan aytib boʻlmaydigan siyosatchi sifatida baholagan.
Biroq, Makronga koʻra, shunga qaramay, AQSH Yevropa uchun hamon muhim ittifoqchi boʻlib qolmoqda.






























Izohlar 0
…