ChatGPT bilan sog‘liq muammolarini muhokama qilish xavfli ekani aniqlandi

The Atlantic nashrining xabar berishicha, ChatGPT orqali sog‘liq muammolarini muhokama qilish kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. So‘nggi paytlarda ko‘plab foydalanuvchilar o‘z salomatligi haqida ma’lumot olish uchun sun’iy intellektga murojaat qilmoqda.
Biroq mutaxassislarning fikricha, bunday muloqotlar aksincha insonda ortiqcha xavotir uyg‘otishi va o‘zini kasal deb his qilish holatlarini kuchaytirishi mumkin. Ayniqsa, noto‘g‘ri talqin qilingan ma’lumotlar ruhiy bosimni oshirishi ehtimoli yuqori.
OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni 40 milliondan ortiq foydalanuvchi sog‘liq bilan bog‘liq savollar uchun ChatGPTdan foydalanadi. Bu esa mazkur texnologiyaning keng ommalashganini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, mutaxassislar sun’iy intellekt bilan uzoq muddatli muloqot qilish giyohvandlikka o‘xshash bog‘liqlikni keltirib chiqarishi, xavotirni kuchaytirishi va hatto ruhiy tushkunlikka olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!