Starlink faol foydalanuvchilari birinchi chorakda ikki barobar ortdi

Texno1 daqiqa o'qish249
Starlink faol foydalanuvchilari birinchi chorakda ikki barobar ortdi

Elon Muskning "SpaceX" kompaniyasiga tegishli bo'lgan "Starlink" sun'iy yo'ldosh operatorining oylik faol foydalanuvchilari (MAU) va ilova yuklab olishlari soni o'tgan yilning birinchi choragiga nisbatan ikki baravardan ko'proq oshdi. "Apptopia" tahlilchilarining ma'lumotlariga ko'ra, ushbu o'sish tendensiyasi ketma-ket to'rt chorak davomida kuzatildi. Bu haqda 3dnews.ru xabar beradi.

Kengayish ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan bozorlar hisobiga amalga oshirilmoqda. Braziliya sezilarli o'sish ko'rsatib, faol foydalanuvchilar bazasini besh baravar oshirdi va barcha obunachilarning 13 foizini tashkil etdi. Argentinada ham foydalanuvchilar soni 159 foizga oshdi. AQShda esa ilovani yuklab olishlar birinchi chorakda rekord darajadagi 1,2 millionga yetib, o'tgan yilgi ko'rsatkichlardan uch baravar oshdi.

Ushbu keskin o'sish "SpaceX" kompaniyasining potentsial ommaviy aksiya chiqarishiga tayyorgarlik ko'rayotgan paytga to'g'ri keldi. Investorlar "Starlink"ni kompaniyaning taxminan 1,75 trillion dollarga baholangan qiymatining asosiy drayveri deb hisoblashmoqda. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko'ra, operatorning o'tgan yilgi daromadi 11,4 milliard dollarni tashkil etgan.

Fevral holatiga ko'ra jami obunachilar soni 10 milliondan oshgani sababli, investorlar "SpaceX" rivojlanishining keyingi bosqichi orbital ma'lumotlar markazlarini yaratishni o'z ichiga olishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?