16:32 / 04.12.2017
6 099

Beeline‘ning G‘arbiy hududiy filialining abonent bazasi 11 yil mobaynida 35 marotabaga oshdi

Beeline‘ning G‘arbiy hududiy filialining abonent bazasi 11 yil mobaynida 35 marotabaga oshdi
Beeline kompaniyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati huddudlarida xizmat ko‘rsatuvchi G‘arbiy hududiy filialining (G‘HF) o‘n bir yillik faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Filial ochilgan paytdan boshlab uning abonentlik bazasi 35 marotabadan ko‘pga oshgan.

Shu yillar davomida ishonchli va zamonaviy tarmoq barpo etildi, tayanch stansiyalarining sonini 23 marotaba ko‘paydi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 3G va 4G texnologiyalari rivojlanishi davom ettirar ekan, kompaniya tarmoqni zamonaviylashtirish va mijozlar uchun innovatsion takliflarni ishlab chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda. Filial xodimlari ijtimoiy loyihalarni amalga oshirib, ofislarda abonentlar uchun ochiq eshiklar kunlarini tashkillashtiradilar. Bundan tashqari “Unitel”ning G‘arbiy filiali direktori Refat Nizamutdinov mamlakatning AKT sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan bu yili taqdirlandi.

11 yil mobaynida hududning yuzlab yirik korxonalari Beeline Business foydasiga o‘z tanlovlarini amalga oshirdilar: «Operatsionnaya kompaniya Zarubejneftegaz-GPD Sentralnaya Aziya» MChJ, «Taxiatash TES», «Elite Star Textile» MChJ, «Aeroport Nukus» OAJ, «KKPTES» MChJ, «Shimolgaztaminot» OAJ, «Karakalpak steklotara» MChJ, «Urganch Yog‘ Moy» OAJ, «Nukus Vinozavod» OAJ, chet el kompaniyalarining vakolatxonalari, Tijorat banklari, transport ximatlarini taqdim etuvchi kompaniyalar va boshqalar O‘zbekiston uyali bozoridagi yetakchining mobil va simli aloqasidan foydalanmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline‘ning G‘arbiy hududiy filialining abonent bazasi 11 yil mobaynida 35 marotabaga oshdi