12:14 / 19.11.2015
5 980

Telegram IShIDning 78 ta kanalini blok qildi

Telegram IShIDning 78 ta kanalini blok qildi

Telegram messenjeri «Iroq va Shom islom davlati» terrorchilik tashkiloti bilan bog‘liq 78 ta ochiq kanal bloklanganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Messenjer ma’muriyati xabarida qayd etilishicha, ochiq kanallardan IShID diniy targ‘ibot uchun foydalanayotgani haqidagi xabarlar kompaniyani xavotirga solgan.

Xabar berishlaricha, blok qilingan kanallarda 12 tilda targ‘ibot ishlari olib borilgan. Messenjer kelajakda ochiq kanallarning ma’lumoti ustidan shikoyat qilish imkonini beruvchi tugmani joriy etishni rejalashtirmoqda.

TJournal ma’lumotlariga ko‘ra, Telegram messenjeri Apple kompaniyasining talabi va mobil dasturni App Store’dan o‘chirib tashlash bilan tahdid qilgani sabab, IShID kanallarini blok qilgan.

16 noyabr kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Ageev, Telegram diniy aqidaparastlar orasida ommalashgani munosabati bilan, Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikovdan rossiyalik foydalanuvchilarning Telegram’dan foydalanishini cheklash imkoniyati o‘rganib chiqishni so‘ragandi.

Ageevning tashabbusiga javoban, Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov so‘zlarni taqiqlashni taklif qilgandi. «Ma’lum bo‘lishicha, terrorchilar so‘zlar vositasida muloqot qiladi», — degandi Telegram asoschisi.


Manba: Daryo.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Texnologiya » Telegram IShIDning 78 ta kanalini blok qildi
[/banner_pushhouse