
Foto: O‘FA
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida g‘alaba qozongan O‘zbekiston U-17 terma jamoasini unvon va medallar bilan taqdirladi. Shuningdek, o‘yinni Sport telekanalida sharhlagan sharhlovchilar «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi. Farmon matni prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
«O‘zining yorqin iste’dodi va professional mahorati, ulkan azmu shijoati hamda mustahkam irodasini namoyon etib, Saudiya Arabistonida futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada mislsiz jasorat va matonat namunalarini ko‘rsatgani, Osiyo kubogini qo‘lga kiritib, o‘zbek futboli tarixida yangi bir shonli sahifa ochgani, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, yosh avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishida faol ishtirok etib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin», — deyiladi farmon matnida.
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan
Ismoilov Islombek Murodbek o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi bosh murabbiysi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Abdukarimov Miraziz Erkin o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Abdullayev Faridjon Nodirjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Abdumo‘minov Azizbek Ikromjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Aliyev Asilbek Ravshanjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Baxodirxonov Muminxon Issoxon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Botiraliyev Hojiakbar Xayrullo o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Yerimbetov Azizbek Muxammed Ali uli – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Izbaskanov Baxadir Maxsetbayevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Maxmudjonov Dilyorbek Sanjarbek o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Muradov Amirxon Shuxrat o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Musaxanov Muhammadali Alijonovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Muhammadov Akbar Alisherovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Rustamjonov Ne’matulloh Shuhratjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Rustamov Jamshidbek Abrorjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Saidmurodov Behro‘z G‘ayrat o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Sarsenbayev Nurbek Raxatovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Sodiqov Sayfiddin Baxtiyor o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Fazliddinov Abdulloh Zayliddin o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Xakimov Muhammad Ulug‘bek o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Xasanov Sadriddin Zayniddin o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Habibullayev Muhammad Qodirjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Shokirov Ibroxim Jamshid o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
Shukurullayev Abubakir Aziz o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi a’zosi
«Shuhrat» medali bilan
Otabek Rustamovich Jo‘rayev – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi bosh mutaxassisi
Orifjon Bahodirovich Tolipov – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Sport» ijodiy birlashmasi «Futbol TV» telekanali muharriri.
Futbolchi va murabbiylarga avtomobillar ham beriladi
Futbolchilarga (ularning otalari uchun) Cobalt, murabbiylarga esa Tracker berilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi bugun, 19:00 dan so‘ng Toshkentga qaytadi. Chempionlarni kutib olish marosimida ularga avtomobillar ham sovg‘a qilinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar