
Huawei va China Unicom Xitoyning Xebey viloyatidagi Syun’an hududida yangi 10G internet tarmog‘ini ishga tushirdi, deb yozadi Mydrivers nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tarmoq oddiy 1G tezligi o‘rniga har bir foydalanuvchiga 10G tezlikni taqdim etadi va tarmoqdagi kechikishlar millisekund darajasiga tushadi. Huawei va China Unicom ushbu loyihani birgalikda amalga oshirdi.
Yangi 10G keng polosali tarmoq dunyoda birinchi bo‘lgan 50G PON texnologiyasi asosida yaratilgan. Mutaxassislarning aytishicha, bu texnologiya katta trafik talab qiladigan xizmatlar uchun muhim poydevor bo‘ladi. Masalan, 8K video uzatish, bulutli saqlash, kengaytirilgan va virtual reallik texnologiyalari shular jumlasidandir.
Shuningdek, Xitoyda boshqa yutuqlar ham erishilgan: Gonkong Fan va Texnologiyalar Universiteti olimlari infraqizil pishirish va sun’iy intellekt asosida 3D oziq-ovqat bosib chiqarish tizimini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, Xitoy olimlari harbiy sun’iy yo‘ldoshlarni 100 km uzoqlikdan kuzata oladigan yuqori aniqlikdagi lazer kamerani yaratdi.
Huawei Va China UnicomG InternetXitoy ViloyatiKeng Polosali TarmoqK VideoSun’iy Intellekt O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing