date
views 5 485

Osiyo chempionlari bo‘lgan O‘zbekiston yosh futbolchilariga avtomobillar sovg‘a qilinadi!

Osiyo chempionlari bo‘lgan O‘zbekiston yosh futbolchilariga avtomobillar sovg‘a qilinadi!
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalida g‘alaba qozonib, katta muvaffaqiyatga erishgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga munosib tarzda sovg‘alar topshiriladigan bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, qit’a chempionatida tarixiy zafarni qo‘lga kiritgan yosh futbolchilarimizga "Chevrolet Cobalt" avtomobili topshiriladi. Shuningdek, terma jamoa murabbiylar shtabiga esa "Chevrolet Tracker" avtomobili sovg‘a qilinadigan bo‘ldi.


Islom Ismoilov rahbarligida Osiyo chempionatida ishtirok etgan va katta jasorat ko‘rsatib, chempionlikni qo‘lga kiritgan terma jamoamiz bugun soat 19:00da Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, final bahsida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqa mezboni bo‘lgan Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi. Ushbu hal qiluvchi uchrashuvda vakillarimiz ikki nafar futbolchining qizil kartochka olishi sababli og‘ir vaziyatda qolgan bo‘lsa-da, yosh futbolchilarimiz haqiqiy mardlik, shijoat va jasorat ko‘rsatib, g‘alabani qo‘ldan boy berishmadi va mamlakatimizning sharafini munosib tarzda himoya qilishdi.

Ushbu tarixiy g‘alaba xalqimiz tomonidan katta quvonch bilan kutib olinmoqda va chempionlarni munosib sovg‘alar bilan rag‘batlantirish orqali ularning zafarlarini yanada qadrlash va yosh futbolchilarni yangi yutuqlarga ruhlantirish maqsad qilingan.

O‘zbekiston futbolining kelajagini belgilaydigan yosh avlod vakillariga omad tilab qolamiz!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionlari bo‘lgan O‘zbekiston yosh futbolchilariga avtomobillar sovg‘a qilinadi!