Eldor Shomurodovning «Roma»dagi yorqin o‘yinlari: Rim klubi 10 yillik rekord ostonasida!

2 daqiqa o'qish20.4K
Eldor Shomurodovning «Roma»dagi yorqin o‘yinlari: Rim klubi 10 yillik rekord ostonasida!
Eldor Shomurodov va «Roma» uchun 2025 yil juda yorqin va muvaffaqiyatli bo‘lmoqda. Italiyaning mashhur klublaridan biri bo‘lgan poytaxtliklar Klaudio Ranyeri qo‘l ostida fantastik mavsumni o‘tkazib, A Seriyada shu yil hozircha yagona mag‘lub bo‘lmagan jamoaga aylandi. Bunday ajoyib natijalarni qo‘lga kiritishda o‘zbek legioneri Eldor Shomurodov muhim rol o‘ynamoqda.

A Seriyaning 33-turida «Olimpiko» stadionida o‘tkazilgan uchrashuvda «Roma» «Verona»ni qabul qilib, 1:0 hisobida muhim va qiymatli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu o‘yindagi yagona va g‘alabani olib kelgan golni aynan Eldor Shomurodov kiritib, jamoasiga yana bir bor g‘alaba zavqini taqdim etdi. Goldan tashqari, Eldor uchrashuv davomida hujum va himoya chizig‘ida faol harakat qilib, g‘alabani saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Hozirgi vaqtda «Roma» ajoyib natijani qayd etmoqda: jamoa 17 uchrashuvdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmaydi. Mazkur o‘yinlar davomida Rim klubi 12 ta g‘alaba va 5 ta durang qayd etib, Italiya futbolida o‘z o‘rnini yanada mustahkamladi. Poytaxtliklar so‘nggi marta 2024 yilning 15 dekabr kuni safarda «Komo»ga qarshi bahsda mag‘lub bo‘lgandi.

Bu natija klubning so‘nggi o‘n yildagi eng yaxshi seriyasiga aylandi. Oxirgi marta 2016 yilda Luchano Spalletti boshchiligida «Roma» xuddi shunday uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyaga erishgan edi. Agar keyingi turda «Inter» bilan uchrashuvda ham «Roma» mag‘lub bo‘lmasa, klub o‘z tarixida yangi rekord o‘rnatadi.

Ayniqsa, ushbu ajoyib seriyaning yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Eldor Shomurodovning hissasi katta. Mavsum boshidan beri 29 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi jami 7 ta golga mualliflik qildi. U 2025 yil boshidan beri o‘z o‘yinini yanada kuchaytirib, ikkinchi yarimdagi gollari bilan «Roma»ga juda muhim bo‘lgan 7 ochkoni taqdim etdi. Uning yorqin o‘yini evaziga «Monsa» (4:0), «Verona» (1:0) mag‘lub etildi va «Yuventus» (1:1) bilan muhim durang qayd qilindi.

Shomurodovning ajoyib o‘yinlari uning Italiya futbolidagi obro‘sini yanada ko‘tarib, o‘zbek futboli muxlislari qalbida katta iftixor tuyg‘usini uyg‘otmoqda. «Roma» esa ushbu muvaffaqiyatli mavsumni Eldor bilan birgalikda yangi rekord va sovrinlar bilan yakunlashiga ishonchimiz komil!

Olg‘a, Eldor! Olg‘a, «Roma»! Bu tarixiy mavsum har bir o‘zbekistonlik futbol muxlisi uchun alohida ahamiyatga ega!
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?