
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha so‘nggi 4 yilda 65 pog‘onaga yuqorilab, 2020-yildagi 133-o‘rindan 2025-yil yanvar holatiga ko‘ra 68-o‘ringa ko‘tarildi, deb xabar berdi Speedtest Global Index.
Bu natija mamlakatda internet infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifati va qamrovini kengaytirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlar samarasidir. Bu o‘zgarish raqamli iqtisodiyotga o‘tishda muhim omil bo‘lmoqda.
“Ookla” – butun dunyo bo‘ylab internet tezligini tahlil qiluvchi tashkilot bo‘lib, har oy “Speedtest Global Index” reytingini yangilaydi va e’lon qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar