
2025-yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi — 29 ming dona sotilgan, deb kursiv.media xabar berdi.
Ikkinchi o‘rinni 15,4 mingta sotilgan Damas egalladi. Uchinchi o‘rin Chevrolet Tracker’ga nasib etdi — 7,2 ming dona. Shuningdek, Labo va Onix ham beshlikka kirdi.
Avtomobil bozorida Chevrolet brendi yetakchilikni saqlab qoldi — 75,4 mingta sotilgan avtomobildan 62,3 mingtasi aynan shu brendga to‘g‘ri keladi (bozorning 82 foizi).
Ikkinchi o‘rinda 7,2% ulush bilan Kia, uchinchi o‘rinda esa 5,4% ulush bilan BYD joy oldi.
O‘zbekistondagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida UzAuto Motors yetakchilikni saqlab qolmoqda — 1-chorakda 41 mingta mashina sotgan. Ikkinchi o‘rinda Khorezm Auto, uchinchi o‘rinda esa ADM Jizzakh joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar