
Yangi Zelandiyaning Oklend universiteti va Xitoyning Syamen universiteti olimlari olib borgan xalqaro tadqiqot natijalari ko‘pchilikni hayratga soldi, deb xabar berdi Science Daily.
Tadqiqot 15 yil davomida 26 mamlakatdan olingan ma’lumotlarga tayanib, elektromobillarning haqiqiy ekologik ta’sirini tahlil qildi.
Elektromobil benzindan ham zararlimi?
Agar mamlakat elektr tarmog‘i asosan qazilma yoqilg‘ilar — neft, ko‘mir yoki gazga bog‘liq bo‘lsa, elektromobillar benzinli mashinalarga qaraganda ham ko‘proq zarar yetkazishi mumkin.
“Elektromobillar faqat energiya tozaligiga bog‘liq. Universal yechim emas”, — deydi tadqiqotchi Stiven Poletti.
Qachon foyda keltiradi?
Agar elektr energiyasining kamida 50% qismi shamol, quyosh yoki GES kabi toza manbalardan kelsa, elektromobillar chiqindilarni kamaytiradi.
Bu holat hozircha faqat ayrim mamlakatlarda amalga oshyapti:
- Yangi Zelandiyada “yashil” energiya ulushi 80% dan yuqori
- Ammo global ko‘rsatkich hali 30% atrofida
Batareyalar, quvvat va muammolar
Elektromobillar batareyalari ishlab chiqarish jarayoni ham karbon iz qoldiradi. Agar ularni qazilma yoqilg‘i bilan ishlaydigan tok bilan quvvatlasangiz, natiyja manfiyga aylanishi mumkin.
Ya’ni, “yashil” deb xarid qilayotgan avtomobil, iflos tok bilan “qara”ga aylanishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Tadqiqot xulosasi aniq:
- Faqat elektromobil emas, energetika islohoti ham zarur;
- Qayta tiklanuvchi manbalarni ko‘paytirish;
- Elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish;
- “Aqlli shaharsozlik” va uzluksiz saqlash tizimlarini joriy etish.
Siz nima deb o‘ylaysiz: elektromobillarni xarid qilishdan avval — energiya tozaligini o‘ylash kerak emasmi?
Elektromobil Yashil energiya Elektr tarmog‘i Ekologiya Yangi Zelandiya Tadqiqot Stiven Poletti Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar