date
views 67

Eldor Shomurodov "Roma" bilan shartnomani uzaytirmoqchi – insayderdan yangilik!

Eldor Shomurodov "Roma" bilan shartnomani uzaytirmoqchi – insayderdan yangilik!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va hujumchisi Eldor Shomurodov Italiyaning "Roma" klubi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Italiya futboli bo‘yicha mashhur insayder Nikola Skira xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi ham "Roma"da qolishdan manfaatdor. Qishki transfer oynasida rimliklar Eldorni sotib yuborishga yaqin edi, biroq jamoaning yangi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘zbek hujumchisini tarkibda saqlab qolishga qaror qildi va uning salohiyatiga to‘liq ishonch bildirdi. Ayni paytda 29 yoshli futbolchi muhim va hal qiluvchi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatib, muxlislarning e’tiborini qozona boshladi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsum Italiya A Seriyasida "Roma" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 4 ta gol kiritdi va jamoadoshlariga yana 2 ta golli pas uzatdi.

Endilikda jamoa rahbariyati o‘zbek futbolchisi bilan yangi shartnoma tuzib, uning jamoadagi kelajagini uzoq muddatli rejalashtirmoqda. Bu xabar o‘zbek futboli muxlislariga quvonch bag‘ishlab, katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov "Roma" bilan shartnomani uzaytirmoqchi – insayderdan yangilik!