date
views 241

Dunyodagi birinchi 10G tarmoq ishga tushdi. Xitoy yana oldinda

Dunyodagi birinchi 10G tarmoq ishga tushdi. Xitoy yana oldinda
Huawei va China Unicom hamkorligida dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi, deb Mydrivers xabar berdi.

Bu yangi tarmoq 50G PON texnologiyasi asosida Syun’an tumanida ish boshladi.

Yuklab olish tezligi — 9834 Mbit/s, uzatish — 1008 Mbit/s, kechikish — atigi 3 millisekund.

Oddiy qilib aytganda: 90 GB 8K film — 72 soniyada! Oddiy gigabitli tarmoq bunga 12 daqiqa sarflaydi.

Eng qizig‘i: bir vaqtda bir nechta smart qurilma ishlasa ham — tarmoq barqaror. 8K videolar, bulutli o‘yinlar, “aqlli uy” tizimlari — barchasi uzluksiz ishladi.

2025 yil boshigacha Xitoyda 4,25 millionta 5G bazaviy stansiya o‘rnatilgan — bu ham dunyo bo‘yicha rekord!

Siz 10G internetni tasavvur qildingizmi? Qachon bizga yetadi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Dunyodagi birinchi 10G tarmoq ishga tushdi. Xitoy yana oldinda