
O‘zbekistonda internet infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. Jahondagi eng nufuzli internet tezligini baholash reytingi bo‘lgan Speedtest Global Index'ga ko‘ra, O‘zbekiston oxirgi besh yil ichida sezilarli darajada yuqori natijalarga erishgan.
Xususan, 2020 yilda ushbu reytingda 133-o‘rinni egallagan O‘zbekiston 2025 yil yanvar oyiga kelib 68-o‘ringa ko‘tarilgan. Bu esa mamlakat internet tezligi bo‘yicha 65 pog‘ona yuqorilaganini ko‘rsatadi.
Bu muvaffaqiyat mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli iqtisodiyotga o‘tish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilishga qaratilgan islohotlar natijasi sifatida baholanmoqda.
Ma’lumot uchun: Ookla tashkiloti 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, butun dunyo bo‘yicha internet tezligini o‘lchash va tahlil qilish bilan shug‘ullanadi. Uning Speedtest platformasi foydalanuvchilarga o‘z internet tezligini tekshirish imkonini beradi va har oyda Speedtest Global Index reytingi yangilanib turadi.
O‘zbekiston InternetJahon ReytingiTezlik BaholashRaqamli IqtisodiyotZamonaviy TexnologiyalarYuqori Natijalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing