date
views 234

Android 16 dizayni rangli bo‘ladi

Android 16 dizayni rangli bo‘ladi
Google Android 16 tizimida yangi dizayn o‘zgarishlarini sinovdan o‘tkazmoqda va bu orqali “chistiy Android” ko‘rinishini yanada rangli va jonli qiladi, deb xabar berdi Wylsa.com.

Yangi beta-versiyada jurnalistlar Material Design 3 Expressive deb nomlangan dizayn elementlarini aniqlashdi. Sozlamalar menyusi endi Xitoyning OPPO va OnePlus smartfonlarida ishlatiladigan ColorOS dizayniga o‘xshab qolgan.

Endi har bir bo‘lim o‘z rangiga ega bo‘lgan ikonka bilan ajralib turadi. Faqat “Raqamli salomatlik” odatdagi kulrang holatda qolgan. Bu dizayn yangiligi Android’ga bir xillikdan chiqib, rang-baranglik kiritadi.

Hozircha asosiy ekrandagi qidiruv vidjetini olib tashlash imkoniyati va bildirishnomalar paneli (shtrilka) dizaynini qulayroq qilish kutilmoqda. Bu borada ColorOS’dan o‘rnak olish yomon emas.

Yangi dizaynlar 20 may kuni bo‘lib o‘tadigan Google I/O konferensiyasida rasmiy taqdim qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Android 16 dizayni rangli bo‘ladi