11:30 / 24.11.2015
5 773

Apple barmoq skaneriga ega OLED-ekran ishlab chiqdi

Apple barmoq skaneriga ega OLED-ekran ishlab chiqdi

Apple muhandislari alohida barmoq skaneridan voz kechish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda «Hi-tech.mail.ru». AQSh patentlar va savdo belgilari byurosi tegishli arizani 19 noyabr kuni e’lon qildi.

Sentyabr oyida Business Korea nashri Apple’ning organik yorug‘lik diodli displeylar ishlab chiqaruvchi dunyoning etakchi kompaniyalaridan biri bilan butlovchi qismlar etkazib berish haqida muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgandi. «Ichki sensorli ekranga ega kremniy-OLED displeyi» nomli patent arizasi buni qisman tasdiqlaydi.

Hujjatda aytilishicha, texnologiya zamonaviy sensorli OLED-ekran va barmoq skanerini o‘zida birlashtiradi.

Innovasion displey tranzistorlar massivi, bir necha qavat metall qoplama, qatlamlararo birikish, rangli filtrlar, OLED qatlamlari, sensorlar va qator qo‘shimcha komponentlardan iborat.

Ishlab chiquvchilar uni smartfon va, ehtimol, planshetlarda vizual axborotni aks ettirish vositasi sifatida, shuningdek, daktiloskopik maqsadda qo‘llamoqchi.


Manba: Daryo.uz


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Texnologiya » Apple barmoq skaneriga ega OLED-ekran ishlab chiqdi