Joriy yilning 24 noyabr kuni mamlakatimizda ilk bor “DevFest” – Google Developers Group (GDG) dasturchilar xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Festival Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va Xalq ta’limi vazirliklari, BMT TDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkentdagi Inha universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, festival "DevFest Google Developers Group" tomonidan "Google" kompaniyasi ko‘magida butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan global tadbirdir. Joriy yilda tadbir doirasida Google kompaniyasining so‘nggi texnologiya va ishlanmalari namoyish etiladi. Xususan, ishtirokchilar mobil ilovalar yaratish masalalari, biznesda virtual, to‘ldirilgan va aralash voqeliklar texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollarini ko‘rib chiqadi.
Shuning uchun tadbir nafaqat dasturchi va IT-mutaxassislari, balki zamonaviy texnologiyalarga befarq bo‘lmagan barcha yosh avlod vakillari uchun ham qiziqarli bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi