Foto: «Thenextweb»
«Nike» kompaniyasi o‘z poyabzallariga raqamli texnologiyalarni tatbiq etmoqda. «Korrespondent» yozishicha, kompaniya muayyan xaridorga «bog‘lab qo‘yiluvchi» blokcheyn-krossovkalar uchun patent olgan.
Endi «Nike» rusumli sport poyabzallarini qalbakilashtirish aslo ilojsiz, deyiladi Amerika patentlar va savdo belgilari byurosi saytida.
Blokcheyn-krossovkalar «CryptoKicks» nomi ostida chiqadi. Kompaniya krossovkasini xarid qiluvchiga mahsulotga qo‘shib uning xos identifikatsiya raqami ham beriladi. Bundan maqsad poyabzalni qalbakilashtirishning oldini olishdir: oyoq kiyimi qutisidagi maxsus kodni skanerlash orqali xaridor krossovkalarning «originali» yoki soxtacini oson aniqlay olishadi.
Agarda «CryptoKick» qayta sotiladigan bo‘lsa, uning kodini ham yangilashga to‘g‘ri keladi.
Kompaniya, shuningdek, krossovkalarning «ikkinchi qo‘ldan» sotilishini nazoratga olish, soxta mahsulotlarni aniqlashda ham raqamli texnologiyalar qo‘l kelishiga ishonmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?