Har yili kuz-qish mavsumida O‘RVI va gripp kasalliklari avj oladi. Shamollash boshlanishining ilk belgilari qanday namoyon bo‘ladi va bunday vaqtda nimalar qilish lozim?
Foto: Shutterstock
Organizmga virus tushganining dastlabki belgilarini kasallik kuchayib borishidan 2-3 kun avval payqash mumkin. Bunday alomatlarga:
- burun bitishi;
- aksa urish;
- tomoq og‘rig‘i;
- yo‘tal;
- bosh og‘rig‘i;
- holsizlik kabilar kiradi.
Shuningdek, shamollash yuqori harorat, mushaklarda og‘riqlar, hid va ta’m bilish sezgisini vaqtincha yo‘qotish, quloqlarda og‘riq kabilar bilan ifodalanadi.
Aksariyat hollarda shamollash mutatsiyaga uchragan turli xildagi viruslardan kelib chiqadi. Kasallikning birinchi belgilari infeksiya yuqqandan bir necha kun o‘tgach paydo bo‘ladi va o‘rtacha 10-14 kundan keyin hech qanday asoratlarsiz o‘tib ketadi.
Yuqorida keltirilgan alomatlarning barchasi gripp va COVID-19 viruslaridan ham darak berishi mumkin. Oddiy shamollash va grippning rivojlanishi juda o‘xshash bo‘lganligi sababli ularni ajratib olish bir oz mushkul.
Gripp va shamollashning farqi
Foto: Shutterstock
Gripp alomatlari keskin paydo bo‘ladi va shiddat bilan rivojlanadi. Bemor yuqori harorat, tanadagi turli og‘riqlar, ko‘z qovoqlarining og‘rishidan aziyat chekadi. Bu holatda burun bitishi, ko‘zlar yoshlanishi hamda yo‘tal kuzatilmaydi.
E’tiborga olish lozimki, gripp barcha insonlarda turli tarzda namoyon bo‘ladi. Ba’zi bemorlarda tana harorati ko‘tarilmasligi yoki bir oz oshishi, burun oqishi va ko‘zlar yoshlanishi mumkin. COVID-19 kasalligi ham xuddi shunday tarzda o‘tishi ko‘p kuzatilgan. Aynan qanday kasallikka chalinganingizni tekshirish uchun tibbiy tahlillar o‘tkazish lozim bo‘ladi.
Shamollashning ilk alomatlarida nimalar qilish kerak?
Avvalo kasallikni atrofdagilarga yuqtirmaslik uchun tuzalib ketguningizcha uyda qoling. Shamollashni uy sharoitida davolash quyidagicha amalga oshiriladi:
- dam olish;
- ko‘p suyuqlik ichish;
- tuzli suv eritmasi bilan burunni chayish;
- tumovni yengillashtirish uchun tomirlarni toraytiradigan retseptsiz preparatlardan foydalanish (bunday dorilar 2-3 kundan ortiq muddat qo‘llanilishi mumkin emas);
- tomoq og‘rig‘ini yengillashtirish uchun maxsus spreylar sepish;
- nafas olish oson bo‘lishi uchun havo namlantirgichdan foydalanish;
- xonani tez-tez shamollatish;
- isitma yoki bosh og‘rig‘i bezovta qilsa, og‘riq qoldiruvchi va haroratni tushiruvchi dorilarni qabul qilish lozim.
Bundan tashqari, kundalik holatingizni diqqat bilan kuzatib borishingiz lozim.
Foto: Shutterstock
Quyidagi alomatlarni sezsangiz, shifokoringizga murojaat qiling:
- isitma uch kundan ortiq davom etsa;
- shamollash alomatlari o‘n kundan keyin yaxshilanmasa yoki aksincha kuchaysa;
- nafas olish qiyinlashsa yoki ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘lsa;
- yo‘tal 3 haftadan ortiq davom etsa;
- bemorda qandli diabet, yurak, o‘pka yoki buyraklar bilan bog‘liq surunkali kasalliklari bo‘lsa;
- turli tibbiy muolajalar, masalan, kimyoterapiya tufayli immun tizimi zaiflashgan bo‘lsa.
Agar imkoni bo‘lsa, shamollash boshlanganda shifokordan kasallik varaqasi ochishni so‘rashingiz va ishga chalg‘imagan holda xotirjam davolanishingiz mumkin.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi