Kuniga ikki sigaret — o‘lim xavfini keskin oshiradi

Salomatlik1 daqiqa o'qish221
Kuniga ikki sigaret — o‘lim xavfini keskin oshiradi

PLOS Medicine jurnalida e’lon qilingan yirik xalqaro tadqiqotga ko‘ra, juda kam chekish ham inson salomatligi uchun katta tahdid soladi. Olimlar ma’lumotlariga ko‘ra, kuniga atigi 2–5 ta sigareta chekkan odamlarda umumiy o‘lim xavfi hech qachon chekmaganlarga nisbatan deyarli 60% yuqori bo‘ladi.

Tadqiqot AQSH va Braziliyada o‘tkazilgan 20 dan ortiq uzoq muddatli kuzatuvlar asosida tayyorlangan. Jami 323 mingdan ortiq kattalar 20 yil davomida kuzatilgan, shu davrda esa 125 mingdan ziyod o‘lim holati hamda 54 ming yurak-qon tomir kasalliklari qayd etilgan.

Olimlar ta’kidlashicha, hatto “eng minimal chekish” ham organizmga jiddiy zarar yetkazadi:

  • Yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfi 57% ga oshadi;
  • Kuniga bir sigareta chekkan odamlarda ham kasalliklar ehtimoli baribir chekishdan voz kechganlarga nisbatan yuqoriroq;
  • Faqat ba’zi aritmiya turlari va insult bilan bog‘liq holatlarda aniq aloqa kuzatilmagan.                                                                   

Tadqiqot jamoasi bir nuqtani alohida urg‘uladi:

Xavfni haqiqatan kamaytirishning yagona yo‘li — tamaki mahsulotlaridan to‘liq voz kechish.

Olimlarning aytishicha, chekishni tashlagandan keyingi ilk 10 yilda xavf sezilarli darajada pasayadi. 20 yil o‘tgach esa sobiq chekishchilarning o‘lim xavfi chekmay qo‘ymaganlarnikidan 80% past bo‘ladi.

Ya’ni hatto “kam cheksam zarari kamroq” degan qarash — xato. Tamomila voz kechishgina haqiqiy himoyani ta’minlaydi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?