
So‘nggi yillarda allergiya bilan bog‘liq shikoyatlar ortib bormoqda. Ko‘pchilik gul changi, oziq-ovqat yoki changga allergiyasi borligini biladi, biroq muammo aslida undan ko‘ra kengroq va ko‘proq yashirin sabablarga ega bo‘lishi mumkin.
Dermatologlar va allergologlar fikriga ko‘ra, sifatsiz kosmetika, yuvish vositalari, havodagi kimyoviy moddalar va hatto sun’iy hidlar ham organizmda kuchli allergik reaksiya chaqirishi mumkin. Bunday ta’sirlar ko‘pincha teridagi toshma, qichishish, ko‘ngil aynishi yoki bo‘g‘ilish bilan namoyon bo‘ladi.
Mutaxassislar allergiyaga qarshi kurashda faqat dori vositalariga tayanmaslik, balki hayot tarzini tahlil qilish, kundalik foydalanilayotgan mahsulotlar tarkibiga e’tibor berishni tavsiya etmoqda. Sabab ko‘rinmas, ammo ta’siri jiddiy bo‘lishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.