
Teri kuyishini davolash faqat malakali shifokor tomonidan amalga oshirilishi kerak. Chunki kuyish darajasi, sababi va tana reaksiyasi har bir bemorda har xil bo‘ladi. Aynan shu omillar asosida to‘g‘ri davolash usuli tanlanadi.
O‘rta darajadagi kuyishlarda, odatda, antibiotik saqlovchi surtma va og‘riqni kamaytiruvchi dori vositalari qo‘llaniladi. Lekin bu vositalar faqat shifokor ko‘rigidan keyin tavsiya etilishi lozim.
Eng muhim qadam — kuyishga sabab bo‘lgan omilni darhol to‘xtatish. Kuyish issiqlik, kislota, kimyoviy modda yoki hatto haddan tashqari sovuq ta’sirida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlar uzoq muddat teri bilan aloqada bo‘lsa, doimiy shikast yetkazishi ehtimoldan xoli emas.
Shu bois kuyish har doim jiddiy sog‘liq muammosi sifatida baholanishi lozim. Har bir insonning terisi turlicha reaksiya bildiradi. Barcha shubhali holatlarda o‘zingizni emas, shifokorni tinglang.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.