date

Olimlar qarishning asosiy sababini topishdi

Olimlar qarishning asosiy sababini topishdi

Virjiniya universiteti tadqiqotchilari o‘tkazgan 17-yillik kuzatuv qarish jarayonining kutilmagan sabablaridan birini ochib berdi. “Journal of Health Psychology” jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, o‘smirlik davridagi tajovuzkor xulq — ayniqsa do‘stlarga nisbatan dushmanona munosabat va ota bilan doimiy nizolar — biologik qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin.

Tadqiqot 123 nafar ishtirokchi o‘rtasida olib borilgan. Psixologlar 1998-yildan boshlab ularning ota-onasi va tengdoshlari bilan munosabatlarini kuzatib borgan. Bir vaqtning o‘zida xolesterin miqdori, qon bosimi, glyukoza darajasi, yallig‘lanish belgilari va qon tahlili kabi biomarkerlar ham qayd etilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, 13 yoshlarda do‘stlariga nisbatan agressiv bo‘lgan, otasi bilan murakkab, tortishuvli munosabatda bo‘lgan o‘smirlarda 30 yoshlarga kelib biologik qarish belgilari ancha tezlashgan. Ayniqsa o‘smirlik oxiridagi ota bilan tinimsiz ziddiyatlar va 20 yoshlar atrofida do‘stlarga nisbatan agressiya asosiy ta’sir etuvchi omil bo‘lgan.

Mutaxassislar bu holat ham yigitlarda, ham qizlarda bir xil darajada kuzatilganini aytmoqda. Ularga ko‘ra, insonning boshqalarga bo‘lgan munosabati nafaqat emotsional holatini, balki organizmning qanday tez eskirayotganini ko‘rsatuvchi kuchli biologik indikatorga aylanadi.

Olimlar bunday natijalar inson ruhiyati va jismoniy salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlik yanada chuqur ekanini yana bir bor tasdiqlayotganini qayd etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask inson ongini robotlarga ko‘chirish texnologiyasi kelasi 20-yilda amalga oshishi mumkinligini bildirib, uni “raqamli abadiylik” yo‘lidagi qadam sifatida baholagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar qarishning asosiy sababini topishdi