Qozog‘istonda tulkilar bolalarga hujum qildi: ikki o‘quvchi jabrlandi

1 daqiqa o'qish202
Qozog‘istonda tulkilar bolalarga hujum qildi: ikki o‘quvchi jabrlandi

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida maktab o‘quvchilariga tulkilar hujum qilgani aholini tashvishga soldi. “Nur.kz” yozishicha, hodisa 21 noyabr kuni sodir bo‘lgan va ikki bola jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, korsak tulkisi qishloq maktabining ikki o‘quvchisiga tashlangan. Bolalar ota-onalari bilan Beyneu tumani shifoxonasiga borgan. Tekshiruv davomida 2011 yilda tug‘ilgan bolaning o‘ng, 2018 yilda tug‘ilgan bolaning chap oyog‘ida tirnalish aniqlangan. Ikkalasiga ham jarrohlik yordami ko‘rsatilib, zarur emlashlar qilingan. Hozir holatlari qoniqarli.

Ekolog Odilbek Qo‘zibaqovning aytishicha, bunday holatlarda tezkor tibbiy murojaat juda muhim. Chunki yovvoyi hayvonlar quturish virusini tashishi mumkin. Shu bois, fuqarolar begona hayvonlarga yaqinlashmasligi va xatar sezsa darhol mutasaddilarga murojaat qilishi shart.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?