
Kutilmaganda paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i ba’zan bir necha daqiqadayoq kun rejalarini butunlay izdan chiqarib yuborishi mumkin. Ba’zida bunga havodagi keskin o‘zgarishlar yoki shovqin-suronli bayramda ishtirok etish kabi omillar sabab bo‘ladi. Lekin ko‘pchilik bundan ham oddiyroq — kundalik iste’moldagi ayrim mahsulotlar ham bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkinligidan bexabar.
Agar bosh og‘rig‘i kutilmaganda sodir bo‘lib, kun tartibingizni buzishini istamasangiz, quyidagi mahsulotlar iste’molida ehtiyot bo‘lish foydali.
Tarkibida kofein saqlovchi ichimliklar

Bu sizning kun davomida sevib iste’mol qiladigan qahva, choy yoki quvvatbaxsh ichimliklar bo‘lishi mumkin. Barchasida kofein mavjud va u tomirlarni tez tortib yuboradi, bu esa bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi bilan mashhur. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, surunkali migrendan aziyat chekuvchi insonlar kofeinni to‘xtatganidan keyin sezilarli yengillik his qilgan.
Muzlatilgan mahsulotlar

Jismoniy harakatdan keyin yoki terlab turgan paytda muzqaymoqni tez-tez yeyish, sovuq limonad yoki smuzi ichish bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi tayin. Sovitilgan mahsulotlar asab tizimiga signal berib, “muz og‘rig‘i” deb ataluvchi keskin noxushlikni yuzaga keltiradi.
Sho‘r ovqatlar va tuzlamalar

Tuzli taomlar qon bosimini oshiradi, bu esa bosh og‘rig‘i va migrenning kuchayishida asosiy omillardan biri. Ayniqsa, tarkibida turli konservantlar saqlanadigan, qayta ishlov berilgan tuzlamalar salomatlik uchun ikki karra xavfli bo‘lishi mumkin. Bunday mahsulotlar organizmda suvning ushlanishiga sabab bo‘lib, tomirlardagi bosimni oshiradi va natijada og‘riqni tezlashtiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.