Olimlarning tadqiqotlari farzandining salomatligiga u qadar jiddiy e’tibor bermaydigan ota-onalarning bolalari immun tizimi baquvvatroq bo‘lishini ko‘rsatmoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
O‘ta sterillik va vahima
Odatda bolaning qo‘li tegishi mumkin bo‘lgan har bir narsani kuniga bir necha martalab spirt bilan artish, biror narsani og‘ziga solgan vaqtda vahima qilish shart emas. Ayollar ichida farzandining qorni, sovunni tatib ko‘rishni istaganini ko‘riboq, tez yordam mashinasini chaqiradiganlar bor. O‘ta vahimachi bo‘lsangiz, farzandingiz atrofni “o‘rgana” olmaydi.
Issiqxonaga aylangan uy
Aksariyat ota-onalar farzandim sovuq emasin, degan niyatda uyni issiqxonaga aylantirib qo‘yishadi. Shuni bilingki, xonaning o‘ta issiq harorati bolaning immunitetiga yomon ta’sir qiladi.
Havosi doimo almashtirib turiladigan, mo‘tadil issiqlik bola uchun ayni muddao. Issiq uyga tashqaridan kimningdir kirishi, bolaning bir necha bor terlab sovishi uning shamollashiga olib keladi. Bolalarni kattalarga nisbatan bir qavatga qalinroq kiyintirishning o‘zi etarli.
Stress
Farzandingizni kutilmaganda biror joyga olib borish va biror narsa sotib olib berishdan cho‘chimang. Sizdagi qo‘rquv va stress sabab, bolada o‘ksinish, jahl, alam paydo bo‘ladi. Kichik o‘yinchoqni boshqalar o‘ynayotganini ko‘rgach, bolada ham istak tug‘ilishi, tabiiy. Farzandingizning immun tizimini ko‘p holatlarda mustaqil ravishda kurashishga o‘rgatish kerak.
Tomoq va burunni tinch qo‘ying
Onalar orasida farzandi bilan jamoat joylariga borib, uyga qaytgandan so‘ng, bolaning burni va tomog‘ini chayadiganlar ham bor. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Siz uni bor yoki yo‘qligi noma’lum bo‘lgan infeksiyalardan asrayman, deb og‘iz bo‘shlig‘idagi organizmni tabiiy ravishda himoya qiladigan moddalarni ham yuvgan bo‘lasiz. Bu esa immun tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Majburlash...
Farzandingizni siz pishirgan taom yoki biror sabzavotni eyishga majbur qilmang. Yarim soat ovqat solingan tarelka oldida o‘tirib, qo‘rquv va stress bilan yig‘lab o‘tirgan bolangiz o‘zini arang ko‘ndirib, siz bergan narsani eyishi mumkin, ammo bundan organizmga foyda emas, ko‘proq ziyon bo‘ladi.
Ko‘p holatda bolalar o‘zi istamagan narsani iste’mol qilgach, oshqozonda bezovtalik holatlari uchraydi.
Agar farzandingiz qish kunida cho‘milishni istasa, unga imkon bering. Sovuqdan cho‘chib, qishning 3 oyida yuvinmay yurish mumkin emas-ku?
Shuni unutmangki, bola organizmiga uni xursand qiladigan, zavqlantiradigan narsalargina foydali. To‘g‘ri, ular istagan narsa har doim ham qo‘l ostimizda bo‘lmasligi, vaziyat taqazo qilmasligini mumkin. Biroq, bolaga o‘sha zavqni olishning boshqa yo‘lini taklif qilish bizning burchimiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi