date

Olimlar diabetga qarshi inqilobiy davolash usuli yaratdi

Olimlar diabetga qarshi inqilobiy davolash usuli yaratdi

Meditsina olamida asrlar davomida intizorman qilingan ulkan yangilik ro‘y berdi. Ilmiy hamjamiyat 1-toifa qandli diabetni yengish borasida tarixiy qadam tashladi — Vertex Pharmaceuticals tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan VX-880 deb nomlangan yangi hujayra terapiyasi inson organizmiga insulin ishlab chiqarish qobiliyatini qayta tiklay oladi.

Ushbu kashfiyot qandli diabetdan aziyat chekayotgan millionlab bemorlar uchun yangi umid darchasini ochadi. Chunki bu xastalik yillar davomida kundalik inyeksiyalar, cheklovlar va hech qachon to‘xtamaydigan nazorat bilan birga bo‘lib kelgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, VX-880 muolajasini qabul qilgan bemorlar ikki yildan ortiq vaqt davomida insulinga muhtoj bo‘lmagan. Bu — tibbiyot tarixida kam uchraydigan ulkan natija.

Terapiya 14 nafar bemorda sinovdan o‘tkazilgan va ularning 10 tasida organizm insulin ishlab chiqarish funksiyasini qayta tiklay olgan. Bu darajadagi mo‘jazga teng yutuq zamonaviy tibbiyotdagi eng yirik ildam qadamlardan biri sifatida qayd etilmoqda. Bemorlar organizmidagi hujayralar qayta faollashib, qon tarkibini nazorat qilish tabiiy holatga kelayotgani olimlar uchun ham, butun dunyo uchun ham juda muhim signal.

Insulinga bog‘liq hayot kechirayotgan insonlar uchun bu muolaja nafaqat davo, balki tubdan yangi turmush sifatini anglatishi mumkin. Kundalik inyeksiyalar, o‘tkir qiyinchiliklar va xavfli holatlardan xalos bo‘lish imkoniyati, albatta, katta voqea. Ilm-fan va texnologiyalar birlashgan bu tadqiqot kelgusida yanada mukammal shaklda keng ko‘lamda qo‘llanilishi kutilmoqda.

Olimlar hozircha sinovlar davom ettirilayotganini, terapiyaning xavfsiz va barqarorligi borasida yana qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilishini ta’kidlab, lekin dastlabki natijalarning o‘ta ishonchli ekanini e’tirof etmoqda.

Shubhasiz, agar bu tabobat usuli ommaviy qo‘llanishga yo‘l olsa, 1-toifa diabet bilan millionlab insonlarning hayoti mutlaqo o‘zgarishi mumkin. Ilm esa yana bir bor inson sog‘lig‘i yo‘lida yangi cho‘qqini zabt etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar diabetga qarshi inqilobiy davolash usuli yaratdi