Qanday insonlar ko‘proq shamollashga moyil bo‘ladi?

Yaqinda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotga ko‘ra, kuniga atigi 6 soat uxlaydiganlar o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga (O‘RVI) 4,2 baravar ko‘proq chalinadi. Tadqiqot natijalari “Brain, Behavior and Immunity” jurnalida e’lon qilindi.
Tajriba Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan. Unda 164 nafar ko‘ngilli ikki oy davomida muntazam kuzatib borildi. Ishtirokchilarning turmush tarzi, stress darajasi, tamaki va spirtli ichimlik iste’moli, uyqu sifati va davomiyligi qayd etib borilgan.
Tahlil natijasida aniqlanishicha, uyquning davomiyligi shamollash xavfining asosiy omili bo‘lmoqda. Kuniga 5–6 soat uxlovchilar, 7 soatdan ko‘proq uxlovchilarga nisbatan ancha ko‘p kasallangan. Uyqu besh soatdan kam bo‘lsa, bu xavf 4,5 baravar oshgan.
Tadqiqotga ko‘ra, yosh, ijtimoiy sharoit yoki zararli odatlar bu ko‘rsatkichga unchalik ta’sir qilmagan. Eng muhim omil — yetarli va sifatli uyqu bo‘lib chiqdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!