date

Yevropada xavfli “superzamburug‘” tez sur’atda kengaymoqda

Yevropada xavfli “superzamburug‘” tez sur’atda kengaymoqda

Yevropada o‘ta chidamli va xavfli hisoblangan Trichophyton indotineae zamburug‘i tez sur’atda tarqalmoqda. Mutaxassislar uni shunchaki zamburug‘ emas, balki “superzamburug‘” deb atashmoqda. Bu haqda The Sun nashri ma’lum qilgan.

Manchester universitetining yuqumli kasalliklar bo‘yicha eksperti Devid Denning ta’kidlashicha, ushbu turdagi zamburug‘ tanada qizarish va kuchli qichishish bilan kechadigan toshmalarni keltirib chiqaradi. Dastlabki belgilari esa asosan son va dumba qismida kuzatiladi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada oxirgi uch yil ichida Trichophyton indotineae bilan kasallanish xolatlari deyarli 500 foizga oshgan. Infeksiya odamdan odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri munosabat, ifloslangan buyum va yuzalar orqali, shuningdek, jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin.

Denningning aytishicha, agar zamburug‘ tarqalishi shunday sur’atda davom etsa, u yaqin yillarda jahon miqyosida jiddiy muammoga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » Yevropada xavfli “superzamburug‘” tez sur’atda kengaymoqda