
Sog‘liqni saqlash sohasida yuz yil ichidagi eng katta yutuq sifatida baholanayotgan yangilikda, Vertex Pharmaceuticals mutaxassislari 1-tur qandli diabetni amalda yengish imkonini beradigan inqilobiy terapiyani ishlab chiqdi. VX-880 deb ataluvchi ushbu hujayraviy usul organizmning tabiiy insulin ishlab chiqarish qobiliyatini qayta tiklashga qodir.
Terapiyani qabul qilgan ilk bemorlar ikki yildan beri biror marta insulin qabul qilmagan. Umumiy hisobda 14 bemordan 10 nafarida usul to‘liq samara ko‘rsatgan — qon shakari barqaror, insulinga ehtiyoj esa nol daraja.
Olimlar bu natijani diabetga qarshi kurashda mutlaqo yangi davr deb atayapti. Agar keng klinik sinovlar ham shunday ijobiy natija bersa, dunyoda millionlab odamlar uchun 1-tur diabetdan qutulish imkoni birinchi bor real hayotga aylanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.