11:24 / 03.08.2021
2 355

Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi


“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda), ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid qo‘shimcha kiritildi.

“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 17 iyuldan ayrim toifadagi fuqarolarga majburiy emlash joriy qilingan edi. Ular - tibbiyot va ta’lim muassasalari, transport kompaniyalari, chakana savdo shoxobchalari xodimlari, davlat xizmatchilari hamda boshqalar.

Shu bilan birga, adliya vaziri Ruslanbek Davletov ish beruvchi xodimni emlashdan bosh tortgani uchun ishdan bo‘shatishi emas, balki chetlashtirishi mumkinligini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi