date

Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish yuz berdi

Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish yuz berdi

Anqaradagi davlat to‘ntarishiga urinish natijasida 42 inson hayotdan ko‘z yumdi

Turkiya poytaxti Anqara prokuraturasi rasman davlat to‘ntarishiga urinish natijasida 42 insonning halok bo‘lganligini tasdiqladi, deb xabar beradi korrespondent.net.

Avvalroq 17 nafar polisiya hodimining nobud bo‘lganligi ma’lum qilingan. Bundan tashqari Istambuldagi tartibsizliklar ham olti kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada, kecha, 15 iyul kuni bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga harakat qilganlar. Anqara va Istambul ko‘chalariga harbiy texnikalar chiqqan. O‘q ovozlari va portlashlar eshitilib turgan. Isyonchilar mamlakatning asosiy rahbariyat binolarini qo‘lga olishga urinishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish yuz berdi