date

Yaponiyada 3,2 mln dollarlik tunets balig'i rekord o'rnatdi

Yaponiyada 3,2 mln dollarlik tunets balig'i rekord o'rnatdi

Yaponiyaning «Kiyomura Corp.» kompaniyasi 2026 yilning ilk auksionida moviy tunets balig'i uchun 510,3 mln iyen (taxminan 3,2 mln dollar) to'lab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. «Sushizanmai» restoranlar tarmog'ini boshqaradigan ushbu kompaniya Kyodo agentligi xabariga ko'ra, Tokio bozoridagi savdolarda g'olib chiqqan. Bu haqda Inform.kz xabar beradi.

Vazni 243 kg bo'lgan baliq Aomori prefekturasi qirg'oqlarida tutilgan. Savdolar 5 yanvar kuni Tokiodagi Toyosu bozorida bo'lib o'tdi.

Sotib olingan tunets tarmog'ining Sukidzi tumanidagi bosh restoranida nimtalanib, butun Yaponiya bo'ylab mijozlarga tortiq qilindi.

«Kiyomura» prezidenti Kiyoshi Kimura 20 aprel kuni Ginnes sertifikatini qabul qilib oldi. Rahbarning so'zlariga ko'ra, kompaniya kelgusida ham o'z mijozlariga eng yuqori sifatli mahsulotlarni taklif qilish niyatida ekanini bildirdi.

Bu kompaniya uchun ikkinchi jahon rekordidir. 2013 yilda ham «Kiyomura» yilning birinchi auksionida 155,4 mln iyen evaziga baliq sotib olib, rekord o'rnatgan edi.

Tokio rasmiylarining ma'lumotiga ko'ra, joriy narx 1999 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi.

Yilning ilk savdolarida yuqori narx taklif qilish Yaponiyada yaxshi belgi va o'zini tanitishning o'ziga xos usuli hisoblanadi. Toyosu bozoridagi ushbu jarayonni kuzatish ko'plab sayyohlar uchun ommabop ko'ngilochar tomoshaga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada 3,2 mln dollarlik tunets balig'i rekord o'rnatdi