Rossiya Mudofaa vazirligining Sochidan uchgach aviadispetcherlar bilan aloqaga chiqmagan Tu-154 samolyoti bo‘yicha navbatdagi tafsilotlar ma’lum qilinmoqda.
"Interfaks" agentligi xabariga ko‘ra, samolyot Sochidan Moskva vaqti bilan soat 5:20da parvozga chiqqan va 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qolgan. Uning bortida harbiylar bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Laynerni qidirish ishlari boshlangan.
RIA "Novosti" agentligi aniqlik kiritishicha, layner avvaliga Moskva yaqinidagi "Chkalovskiy" aerodromidan havoga ko‘tarilgan, Sochida esa yoqilg‘i to‘ldirilgan.
"Interfaks"ning aniqlik kiritishicha, samolyot bortida avval aytilganidek, 70 kishi emas, 83 yo‘lovchi va ekipajning 8 a’zosi bo‘lgan.
RF Mudofaa vazirligi Tu-154 radarlardan yo‘qolganini tasdiqladi. Laynerni qidirish ishlariga Krasnodar o‘lkasi va qo‘shni hududlardagi barcha qutqaruv xizmatlari jalb etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi