19 sentyabr kunining ikkinchi yarmida Meksika janubida kuchli – 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Zilzila mamlakat poytaxti Mexikoga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Bu Meksikada keyingi 30 yildan ortiq vaqt ichidagi eng halokatli zilzila bo‘ldi. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 200 nafardan oshdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Internetda tarqalgan videolarda odamlar qimirlashni boshlagan binolarni tashlab qochib chiqishi, binolar xuddi daraxtdek silkinishi, inshootlar yer ostiga kirib ketishini ko‘rish mumkin.
Mamlakatda favqulodda holat joriy etildi. Mexikoda xalqaro aeroport vaqtincha yopildi. Mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto Nyu-Yorkda davom etayotgan BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishidagi ishtirokini to‘xtatib, zudlik bilan Meksikaga qaytdi. Poytaxtga zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun 3 ming nafar harbiy kiritildi.
Zilzila o‘chog‘i joylashgan Puebla shtati gubernatori Toni Galining ma’lum qilishicha, hududda bir necha binolar jiddiy zararlangan. Hududdagi barcha maktablar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Shaharda favqulodda rejim o‘rnatildi. Vayronalar ostidagi odamlarning ovozlarini eshitish uchun shovqin chiqarmaslik so‘ralmoqda.
Xarobalar ostida qolgan odamlarni qutqarish uchun yuzlab ko‘ngillilar ish boshladi.
Minglab kishilar binolar qulay boshlagach, ko‘chalarga qochib chiqdi.
Shaharda 3,5 mln kishi elektr tokidan uzildi, qutqaruvchilar gaz sizib chiqishidan ogohlantirmoqda va chekmaslikni so‘ramoqda.
Bu zilzila 32 yil oldin Meksikani vayron qilgan kuchli zilziladan keyingi eng yirik tabiiy ofat bo‘ldi. O‘shanda 10 ming kishi halok bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi