O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 18 oktyabrdan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi, deyiladi "Daryo" nashri xabarida.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3065 so‘m 35 tiyin etib belgilandi. Bu 11 oktyabrdagi kursga nisbatan 18 so‘m 50 tiyinga ko‘p.
2016 yil 18 oktyabrdan e’tiboran 1 evro qiymati 3397 so‘m 86 tiyin (11 oktyabrdagi kursga nisbatan 10 so‘m 41 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 455 so‘m 31 tiyin (11 oktyabrdagi kursga nisbatan 50 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 48 so‘m 66 tiyin (11 oktyabrdagi kursga nisbatan 24 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi