Oxirgi kunlarda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dekabrda Yaponiyaga rejalashtirilgan tashrifidan AQShda jiddiy norozilik uyg‘otayotgani haqidagi xabarlar, bir necha OAVlar tomonidan tarqatilmoqda.
"G7 mamlakatlari sanksiyalari ostida bo‘lgan Putinga (Yaponiya tomonidan) ko‘rsatilgan iltifot, "buyuk ettilik" bundan buyon tog‘dek mustahkam emasligini bildiradi", — deyilgan edi AQSh hukumati xabarida.
Bunga javoban, Yaponiyaliklar o‘zlariga xos diplomatik mahorat bilan, Rossiya prezidenti imperator Akixito tomonidan qabul qilinmasligini xabar qildi.
"Yaponiya hukumati (AQShning g‘azabini keltirmaslik uchun) prezident Putinni imperator Akixito huzuriga taklif qilmadi, shunday yo‘l bilan ular amerikalik ittifoqdoshlariga ushbu tashrif "qaynoq" emasligini namoyish qilishdi", — deb yozadi Kiodo axborot agentligi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga tashrifi 15-16 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvning asosiy mavzusi uzoq yillardan beri mojaroga sabab bo‘layotgan janubiy Kuril orollarida iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatlar orasidagi viza tartibini osonlashtirish va boshqa masalalar qo‘yilgan.
Yaponiya imperatori — davlat va xalq birligi timsoli bo‘lib, faqat ramziy davlat rahbari hisoblanadi. Yaponiyada davlat tizimi Konstitusion monarxiya hisoblanadi. Davlat boshqaruvi va barcha muhim qarorlar Bosh vazir va parlament tomonidan amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi